Ayol jinsi...
Ayollar erkaklarga qaraganda uch baravar ko'proq venoz yetishmovchiligidan aziyat chekadi.


Gormon o'zgarishlari, masalan, homiladorlik va menopauza, ayollarda venoz yetishmovchilik rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

50% gacha ayollar ayniqsa 50 yoshdan keyin venoz yetishmovchiligiga duch keladilar.
Ko'rsatmalar
Bavosil — bu to'g'ri ichak sohasidagi venalarning yallig'lanishi, kattalashishi va pastga tushishi bilan bog'liq keng tarqalgan kasallik bo'lib, og'riq, qichishish va qon ketishi bilan kechadi.
Turbomikron G — gemorroyni davolash uchun samarali vosita bo'lib, tezkor tarzda belgilarni yo'qotish va holatni yengillashtirishga qaratilgan. Preparat ushbu kasallikni davolashda kompleks yondashuvni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo'lib, gemorroyning bir qator alomatlari bilan kurashishda yordam beradi.

Venoz yetishmovchilik — bu surunkali kasallik bo'lib, venalar orqali qon oqishining normal tartibi buziladi, bu esa shish, og'riq, oyoqlarda og'irlik va venalarning varikoz kengayishiga olib keladi.
Turbomikron G — bu surunkali venoz yetishmovchilikni davolash va oldini olish uchun mo'ljallangan samarali vosita. Preparat kasallikning asosiy belgilari bilan kurashishga yordam beradi va venalarning umumiy holatini yaxshilaydi.
Preparatning asosiy ta'sirlari:- Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash va venoz qon oqimini kuchaytirish.
- Tomir devorlarini mustahkamlash va ularning o'tkazuvchanligini kamaytirish.
- Shish va og'riqli sezgilarning kamayishi.
- Venoz buzilishlarning rivojlanishini oldini olish.
Qo’llash usuli:Venoz-limfatik yetishmovchilikda tavsiya etilgan doza kuniga 2 ta tabletka (bir yoki ikki qabulda): ertalab, kunduzi va/yoki kechqurun, ovqat bilan birga. Agar simptomlar qaytadan paydo bo'lsa, shifokor tavsiyasiga ko'ra davolash kursi takrorlanishi mumkin.

Varikozning rivojlanish sabablari
Varikozning rivojlanish sabablari?





Turbomicron G
Ko'rsatmalar: Kattalarda surunkali venoz yetishmovchilik bilan bog'liq shish va simptomlarni kamaytirish.
Qarshi ko’rsatmalar: Flavonoidlar yoki boshqa har qanday yordamchi moddalarga sezuvchanlik..
Kullash usuli va dozalari:
KattalarStandart terapevtik doza - kuniga 2 tabletkani tashkil etadi, aloxida kabul kilinadi: bitta tabletka tushlik vaktida, va boshka tabletka kechkurun ovkat vaktida kabul kilinadi.
Maksimal davolash davomiyligi - 2 dan 3 oygacha muddatni tashkil etadi.
O‘tkir gemorroidal xuruj paytida
Kuniga 6 tabletkadan 4 kun davomida, keyin esa kuniga 4 tabletkadan 3 kun davomida qabul qilish lozim.
Bolalar populyatsiyasi
Bolalarda diosminni xavfsizligi va samaradorligi urganilmagan.
Davolashning maksimal davomiyligi - 2 oy dan 3 oygacha.
Farmakologik xususiyatlari: Turbomikron G flebotonik preparati va vazoprotektiv vosita hisoblanadi (tomirlarni toraytiradi, venoz qarshilikni oshiradi va o'tkazuvchanlikni kamaytiradi). Eksperimental modellar bo'yicha diosmin venoz chiqish tizimiga ikkita ta'sir ko'rsatadi: venalar va venulalarda u devor tonusini oshiradi va dimlanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi; mikrotsirkulyatsiya darajasida kapillyarlar o'tkazuvchanligini normallashtiradi va kapillyarlar qarshiligini kuchaytiradi. Insonlarda preparatning quyidagi pletizmografik venoz parametrlariga nisbatan statistika jihatidan dozaga bog'liq ta'siri ko'rsatilgan: hajm, venalarning cho'ziluvchanligi va qon haydash vaqti. Eng yaxshi doza va ta'sir nisbati 2 ta tabletka qabul qilinganda olingan.

Turbo Gel
Ko'rsatmalar: Oyoqlarda venoz yetishmovchiligi, oyoqlarda og'irlik, og'riq, tunda tomir tortishishlsar; tomirlar varikoz kengayishi; qon quyilishlari, gematomalar, yuzaki flebit; uzoq vaqt tik turishdan kelib chiqqan pastki oyoqlarda shishlar
Qarshi ko’rsatmalar: Mahsulotning tarkibiy qismlariga individual sezuvchanlikda ishlatilmaydi. Ochiq jarohatlar, shilliq qavatlar, ekzema yuzalari hamda quyoshdan kuyish holatlarida shikastlangan teriga surtish mumkin emas. Bolalarda qo'llanilmaydi.
Qo'llanilishi: Gelni kichik miqdorini teng ravishda teriga 2 marta kuniga (ertalab va kechqurun) surting. To'g'ri qo'llash uchun ko'rsatmalar: - birinchi marta ishlatishda, gel saqlagan tubani ochish uchun qopqog'ining tashqi tomonini ishlating; - yaxshiroq so'rilishi uchun, gelni yengil massaj harakatlari bilan surtib chiqing; - gelni har safar ishlatganingizdan so'ng qo'llaringizni yuving.
Farmakologik xususiyatlari: Turbo Gel kelib chiqishi tabiy bo'lgan kombinatsiyalangan preparat bo'lib, venotonik va angioprotektiv ta'sirga ega. U kapillyarlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi va qon tomirlarini mustahkamlash hamda tonusini oshirishga yordam beradi. Venoz dimlanishni kamaytiradi, qon aylanishi va limfa drenajini oyoqlarda yaxshilaydi. Antioksidant va membranalarni himoya qiluvchi ta'sir ko'rsatadi, yallig'lanishga qarshi samaraga ega. To'qimalarning shishishini kamaytiradi va tromb hosil bo'lishining oldini oladi.